Uzuk jezdan, ustidan 18 karat oq tilla yugurtirilgan. Kozlariga fianitlar va nano opal qadalgan: opal tiniq toshlar yonida yumshoq sutrang tovlanish beradi. Sovuq oq tus polat soat, kumushrang furnitura va pastel ranglardagi kiyimga mos tushadi. Uzuk ish uslubiga ham, kechki libosga ham yaraydi. Yuvinish, basseyn va uy yumushlaridan oldin yeching. Quruq yumshoq mato bilan arting, toshlar tirnalmasligi uchun alohida saqlang.

