54 mamlakatda nashr etilgan mega-bestsellrlar muallifidan! Ushbu kitob sahifalarida siz "Ferrarisini sotgan rohib" bilan yana uchrashasiz. Uning rahbarligida bosh qahramon bilan birga to‘qqizta muqaddas tumor izlab Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Hindiston, Amerika va Fransiyaga sayohat qilasiz. Ushbu tumorlar bilan bir qatorda siz to‘qqizta jumboq, to‘qqizta hikoya va to‘qqizta haqiqatni kashf etasiz — ularning har biri sizni hayotning asl mazmuni, chinakam baxt, mo‘jiza va muvaffaqiyatga yaqinlashtiradi.
Doimo orzu qilgan hayotda yashashni istagan har bir inson uchun ajoyib kitob!

