Kanadalik eng mashxur yozuvchilardan biri.
Shimoliy Amerikada liderlik, motivasiya va shaxsni rivojlantirish bo'yicha malakali mutaxassis. Shu kunga qadar uning asarlari 6 milliondan ko'proq nusxada chop etilgan. Sharmaning «O'lsang kim yiglaydi», «Titulsiz lider», «Har kunlik ilhom» kabi kitoblari o'quvchilar qalbidan chuqur joy olgan, ularni ruhlantirgan va yashashga bo'lgan ishtiyoqini oshirgan; kitobxonga hayotining go'zal lahzalaridan bahramand bo'lish, har bir soniyadan zavq olib yashashga chaqirgan.
Qo'lingizdagi kitob ham yozuvchining navbatdagi bestseller asari hisoblanib, dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilingan va 18 dan ziyod davlatda sevib o'qilgan. Siz hayotda o'z maqsadingizdan chalg'iyapsizmi? Yoki sizga biror madad kerakdir?
Unda bu kitob aynan siz uchun, aziz kitobxon!
"Unvonsiz rahbar"- qisqa qilib aytganda, kasbiy va shaxsiy hayotdagi haqiqiy muvaffaqiyatga bag‘ishlangan zamonaviy masal. Bosh qahramon Bleyk Devis Nyu-Yorkda yashaydi. U kitob do‘konida ishlaydi, o‘z ishidan, hamkasblaridan va umuman, hayotdan norozi. Bleyk ota-onasidan erta judo bo‘lgan, Iroqda jang qilgan va hayotning bu zarbalaridan o‘ziga hamon kelolmaydi. Kunlarning birida otasining eski qadrdoni Tommini uchratib qolishi, uning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Quvnoq, tavakkalchi, o‘ziga xos bu qariya Bleykni yangi hayotga, muvaffaqiyatlarga ilhomlantiradi. Tommi va Bleyk bir kun mobaynida qabriston ziyoratiga ham ulguradilar va Nyu-York buylab sayohat qilish uchun to‘rt nafar o‘qituvchi bilan uchrashishga ham muvaffaq bo‘ladilar. Bularning barchasi Bleyk uchun baxtli hayot va muvaffaqiyatli martaba sari imkoniyatlar eshigini ochdi. Natijada, Bleyk ijobiy muvaffaqiyatli shaxsga aylandi: har bir kuni mazmun va quvonchga to‘la baxtli ota va mehribon er hamda o‘z kompaniyasining eng yosh vitse-prezidenti.
Muallifning fikriga ko‘ra, yetakchilik salohiyati har bir insonda mavjud, lekin hamma ham undan foydalana olmaydi. Olamshumul daqiqalar uchun ko‘pincha maxsus daqiqalarni kutib yashaymiz. Lekin bu daqiqalar ko‘p hollarda kelmaydi... Bunda esa bizga ko‘pincha yomon taqdir, adolatsiz boshliqlar, siyosiy vaziyat va boshqa holatlar aybdordek tuyuladi. Aslida esa, barcha muammolar o‘zimizda.
Shaxsiy hayot va biznesingizdagi arzimas yutuqlardan charchadingizmi? O‘zingizning ko‘proq narsaga qodir ekanligingizni his qilyapsizmi? Yuksak muvaffaqiyatlar qozonishga, hayratlanarli natijalarga erishishga va o‘z salohiyatingizni to‘liq ro‘yobga chiqarishga tayyormisiz? Agar shunday bo‘lsa, unda bu ajoyib kitob faqat siz uchun yozilgan. Motivatsiyaga undovchi, ilhomlantiruvchi, faollikka yetaklovchi va beqiyos g‘oyalarga to‘lib-toshgan ushbu kitob yuksak orzu-maqsadlaringizni amalga oshirishingizga yordam beradi. "Buyuklik sari 101 qadam" - salohiyat-u kuch g‘ayratingizni ochib beradigan va o‘zligingizning eng yaxshi fazilatlarini namoyon etish istagini uyg‘otuvchi noyob kitobdir.
Kanadalik eng mashhur yozuvchilardan biri. Shimoliy Amerikada liderlik, motivatsiya va shaxsni rivojlantirish bo‘yicha malakali mutaxassis. Shu kunga qadar uning asarlari 6 milliondan ko‘proq nusxada chop etilgan. Sharmaning "O‘z Ferrarisini sotgan rohib", "O‘lsang kim yig‘laydi", "Titulsiz lider", "200 Hayot darsi" kabi kitoblari o‘quvchilari qalbidan chuqur joy olgan, ularni ruhlantirgan va yashashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirgan. Kitobxonga hayotining go‘zal lahzalaridan bahramand bo‘lish, har bir soniyada zavq olib yashashga chaqiradi.
Qo‘lingizdagi kitob ham yozuvchining navbatdagi bestseller asari hisoblanadi, dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan va 18 dan ziyod davlatda sevib o‘qiladi. Siz hayotda o‘z maqsadingizdan chalg‘iyapsizmi?
Yoki sizga biror madad kerakdir? Unda bu kitob aynan siz uchun, aziz kitobxon!
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri, xalqaro bestseller muallifi va liderlik masalalari bo‘yicha mutaxassis - Robin Sharmaning "200 hayot darsi" asari 3 tilda yozilgan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
"Tongti soat 5" - bu o'ziga xos vaqt, diqqat, iroda va kuch-quvvatning eng yuqori konsentratsiyasi davri. Bu g'alaba vaqti! Ushbu kitobda siz davrimizning bestseller asarlari muallifi Robin Sharmaning shaxsiy muvaffaqiyatlari siridan xabardor bo'lasiz. Muallif kitob orqali sizga ikki baravar ko'p ish qilish va shu bilan birga, sog'lig'ingiz va asab tizimingizni asrash, istedodingizni rivojlantirish uchun tonggi soatlardan qanday foydalanish kerakligini o'rgatadi. Sayeramizdagi eng samarador va muvaffakiyatli kishilari allakachon "Tonggi soat 5" klubining ekslyuziv avzolariga aylanishgan. Bu kitob Sizning "Tonggi soat 5" klubiga eltadigan chiptangizdir!
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri, xalqaro bestseller muallifi va liderlik masalalari bo‘yicha mutaxassis - Robin Sharmaning "Doimiy qahramon manifesti" insonning o‘zidagi yashirin qobiliyalarini yuzaga chiqarishda yordam beruvchi o‘ziga xos falsafiy, samaradorlikni oshirishga qaratilgan inqilobiy uslublar va aqlbovar qilmas go‘zallik, cheksiz quvonch va maʼnaviyatga yetaklovchi asardir.
Muallif professional notiqlar olamidagi yorqin yulduzlardandir. Kitobni o‘qib turib notiqlik madaniyatining sir-asrorlaridan ham voqif bo‘lasiz. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

