Farzandingiz hayotining birinchi yilini tashvishsiz o‘tkazishni istaysizmi? Bu – haqiqat! Tajribali va amaliy qarashlarga ega pediatr Ye. O. Komarovskiy ushbu kitobni ota-onalar chaqaloq hayotining dastlabki 365 kuniga oid barcha maslahatlarni tez va oson topa olishlari uchun yozgan. Axborotni topish va tavsiyalarni qo‘llashni imkon qadar qulaylashtirish maqsadida shifokor quyidagilarni taklif qiladi:
• Maslahatlarga qat’iy bajarilishi shart bo‘lgan yo‘riqnoma sifatida emas, balki mulohaza yuritish uchun asos sifatida qarang.
• Maslahatlardan oldindan xabardor bo‘ling va ularni o‘z vaqtida qo‘llang: yosh ota-onalar muqarrar ravishda harorat o‘lchash, qo‘shimcha ovqatlantirishni boshlash, burun oqishi va shifokor ko‘rigi kabi holatlarga duch keladilar. Shu bois, bunday vaziyatlar yuzaga kelmasidan avval tegishli maslahatlar bilan tanishib chiqish ayni muddaodir.

