“Farida” asari fashizm va sovet mustabid tuzumi davrida yashagan Qrim tatar xalqining fojiali o‘tmishini bir ayol qismati orqali
mahorat bilan ochib beradi.
Roman real voqealarga asoslangan bo‘lib, 1920-yillardan boshlab bir necha o‘n yillik davrni qamrab oladi.
Bu – sadoqat, yo‘qotilgan vatan sog‘inchi va har qanday sharoitda ham inson bo‘lib qolish haqidagi
qissa.

