Bu — falsafaga oid eng mashhur kitoblar mazmunini jamlagan va katta shuhrat qozongan to‘plam bo‘lib, u 23 tilga tarjima qilingan va jami 260 000 nusxada sotilgan.
Arastu, Suqrot, Aflotun, Konfutsiy, Shopengauer, Russo, Spinoza, Sartr, Nitsshe, Dekart, Kant... Ushbu buyuk mutafakkirlarning g‘oyalari bilan tanishish uchun umringizning yarmini ko‘p jildli asarlarni o‘qishga sarflashingiz shart emas. «Falsafa bo‘yicha 50 ta buyuk kitob» (50 Great Books on Philosophy) yordamida bunga atigi bir necha kun ichida erishishingiz mumkin.
Mazkur kitob falsafani o‘rganayotganlar, shuningdek, qisqa vaqt ichida o‘z madaniy dunyoqarashini kengaytirishni istaganlar uchun ayni muddaodir.
U avval Rossiyada nashr etilib, 15 000 nusxada sotilgan edi. Endilikda esa kitob zamonaviy ko‘rinishda — sifatli oq qog‘oz va did bilan ishlangan muqova bilan qayta nashr etildi.

