ExPigment 4% pigmentatsiyani tuzatuvchi krem
Pigmentatsiyaning turli turlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kuchli vosita; u to‘q rangli dog‘larni ochartirishga va teri rangini bir tekis qilishga yordam beradi.
Quyidagilar uchun mos keladi:
🔹 Quyosh ta’sirida paydo bo‘lgan pigment dog‘lari
🔹 Akne (husnbuzar)dan keyingi izlar
🔹 Sеpgillar
🔹 Yoshga bog‘liq dog‘lar
Kremning ta’sir mexanizmi:
✅ Gidroxinon 4% — Asosiy faol modda
Klinik jihatdan tasdiqlangan oqartiruvchi vosita bo‘lib, melanin sintezini kamaytiradi, to‘q dog‘larni ochartiradi va ularning qayta paydo bo‘lishining oldini oladi.
✅ Yengil va nozik tekstura
Krem tez so‘riladi, yog‘li qoldiq qoldirmaydi va teshiklarni (poralarni) yopib qo‘ymaydi.
✅ Qulay tyubik
Muammoli joylarga aniq surtish uchun qulay dozalanadi.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
1. Teringizni kislota va spirt saqlamaydigan yumshoq tozalovchi vosita bilan tozalang.
2. Kremni faqat muammoli joylarga surting (nuqtali usulda).
3. Kuniga bir marta, afzalroq kechqurun foydalaning.
4. Kunduzi doimo SPF himoya kremini qo‘llang. Quyoshdan himoyalanmaslik oqartirish ta’sirini sekinlashtiradi.
Muhim tavsiyalar:
⚠️ 3–4 oy foydalangandan so‘ng tanaffus qiling.
⚠️ Kuchli ta’sir qiluvchi kislotalar yoki retinollar bilan bir vaqtda ishlatmang.
⚠️ Birinchi marta qo‘llashdan oldin terining sezgirligini tekshirib ko‘ring.
⚠️ Faqat tashqi foydalanish uchun; shilliq qavatlarga tegishidan saqlaning.



