EVRO MASTER GLATT — ichki pardozlash ishlari uchun mo'ljallangan gipsli shpatlyovka hisoblanadi. Mahsulot g'isht, beton, gazobeton, sementli suvoq va gipsli asoslarda qo'llaniladi. Qurigandan so'ng oq, silliq va mustahkam yuzani hosil qiladi.
Qo'llashdan oldin asos chang, yog' va bo'shashgan qismlardan tozalanishi tavsiya etiladi. Aralashma toza suv bilan tayyorlanib, metall shpatel yordamida surtib chiqiladi. To'liq qurigach, yuzani yengil silliqlash mumkin. Keyinchalik bo'yoq, dekorativ qoplama yoki gulqog'oz uchun tayyor asos vazifasini bajaradi.
Gips asosida ishlab chiqarilgan


