Massaj roligi (Foam Roller) yuqori sifatli chidamli EVA penoplast materialdan ishlab chiqarilgan bo‘lib, tananing turli qismlarini samarali massaj qilish imkonini beradi. Yuzasidagi maxsus tekstura mushaklarga chuqur ta’sir ko‘rsatadi, zo‘riqishni kamaytiradi va mashg‘ulotdan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi.
Rolik bel, yelka, boldir va son mushaklari uchun juda qulay. Yengil vazni va ixcham o‘lchami sababli uni sport sumkada olib yurish oson. Sportchilar, fitnes bilan shug‘ullanuvchilar va sog‘lom turmush tarzini tanlaganlar uchun ideal tanlov.



