- o'ta ixcham o'lchamlar (1.8x2.3 smgacha);
- energiya tejamkor mikrokontrollerlar ("uyqu rejimi"da 45 mkA gacha);
- bir vaqtning o'zida bir nechta (WiFi+BLE, BLE+Zigbee, WiFi6+BLE+Zigbee va hokazo) simsiz boshqaruv interfeyslarini qo'llay olish imkoniyati;
- bir va ikki yadroli, 96MHz/160MHz/240MHz takt chastotali tezkor ESP32-H2, ESP32-C3 va ESP32-S3 chiplari;
- 512KB gacha SRAM, 384КБ doimiy xotira (ПЗУ), 4MБ flesh-xotira va 2MБ gacha PSRAM-xotira;
- o'rnatilgan programmator va USB Type-C bog'lanish interfeysi;
- Arduino IDE va boshqa platformalarda qulay dasturlash imkoniyati mavjudligi;
- ixcham o'lchamiga qaramay, mikrokontroller resurslaridan (38 tagacha kontaktlar; SPI, I2C, UART, I2S, Analog-Raqamli O'zgartirgichi (АЦП) interfeyslari va boshqalardan) keng foydalana olish imkoniyati.
ESP32-C3 super mini, 160MHz, WiFi/BLE5, 16 ta kontaktli, 18x22.5 mm
ESP32-C3 pro mini, 160MHz, WiFi/BLE5, 16 ta kontaktli, 18x22.5 mm (tashqi antenna ulash imkoni bor)
ESP32-H2 super mini, 96MHz, faqat BLE/IEEE 802.15.4 (Zigbee/Thread, mesh-tarmoqlar), 18+4 ta kontaktli, 18x23.5 mm
ESP32-C5 super mini, 240MHz, WiFi6/BLE5.0/IEEE 802.15.4 (Zigbee 3.0/Thread 1.4, mesh-tarmoqlar), 18 ta kontaktli, 18x29 mm
ESP32-C6 super mini, 160MHz, WiFi6/BLE5.3/IEEE 802.15.4 (Zigbee 3.0/Thread 1.3, mesh-tarmoqlar), 20+5 ta kontaktli, RGB LED, 18x26 mm
ESP32-S3 super mini, 240MHz, WiFi/BLE5, 18+20 ta kontaktli, RGB LED
ESP32-C3 zero mini, 160MHz, WiFi/BLE5, 18 ta kontaktli, 18x23.5 mm
ESP32-S3 zero mini, 240MHz, WiFi/BLE5, 18+3+8 ta kontaktli, 18x23.5 mm, RGB LED
ESP32-C3 super mini OLED 0.42', 16 ta kontaktli (mini displeyli modul)
ESP32-C3 super mini uchun kengaytirish platasi, 16 ta kontaktli
ESP32-H2 super mini uchun kengaytirish platasi, 18 ta kontaktli
ESP32-S3 super mini uchun kengaytirish platasi, 18 ta kontaktli
ESP32-C6 super mini uchun kengaytirish platasi, 20 ta kontaktli
ESP32-C3/S3 zero mini uchun kengaytirish platasi, 18 ta kontaktli
2.4GGs diapazoni uchun tashqi mini-antenna (antenna uyasiga ega har qanday WiFi va Bluetooth modullar uchun)
Yuqoridagi ikki yoki uch qiymatli (masalan, "18+10") kontaktlar sonidagi 1-qiymat plata chetlariga chiqarilgan asosiy kontaktlar sonini, 2- va 3-qiymatlar esa, foydalanish mumkin bo'lgan, plata ustki va ostki tomonlaridagi qo'shimcha kontaktlar sonini bildiradi. Masalan, "18+3+8" yozuvi platada chetlariga chiqarilgan 18 ta asosiy kontakt hamda plata ustki tomonida 3 ta va pastki tomonida 8 ta qo'shimcha kontaktlar mavjudligini anglatadi. Qo'shimcha kontaktlar plataning elementlardan bo'sh bo'lgan joylariga chiqarilgan.

