Kitob haqida
Roland va uning safdoshlari sovuq shamol - bo‘rondan yashirinish uchun Qorong‘i Minoraga boradigan yo‘lda to‘xtashga majbur bo‘lishdi. Tashlandiq shahardagi yashirin joyda o‘tirgan bosh qahramon do‘stlariga o‘tmishdagi qiziqarli voqeani so‘zlab berdi.
Bir paytlar u va Jeymi Dekarri Debariya shaharchasini bo‘ri-odamdan qutqarishlari kerak edi. Yirtqichni qidirish ularni ancha sargardon qildi va nihoyatda kutilmagan yakun topdi. Bundan tashqari, bu sarguzashtlar Roland va uning onasi tarixi bilan chambarchas bog‘liq edi.

