• Simsiz eshik qo’ng’irog’i
• Masofadan boshqariladigan qo’ng’iroq
• Terminator orginal qo’ng’iroq
• Namlikka chidamli, suv o’tkazmaydigan zvonok
• 3 tagacha ovoz balandligi va ovozsiz rejimi
• 38 hil sinfonik musiqa ovoz turi bor
• 150 metrgacha masofa
• Komplektida tashqi blok (tugma) batareyasi bor
• Qo’llanmani tushunmasangiz, chat orqali biz bilan bog’laning
Terminator brendining Masofadan boshqariladigan, simsiz eshik qo’ng’irog’i. Bu ajoyib eshik qo’g’irog’i ishlashi juda oddiy bo’lib - uy, kvartiralarda, katta hovlilarda, ofis, kasalxona, choyxonalarda ham ishlatishga mo’ljallangan. Eshik qo’ng’irog’idan hattoki navbatchi hodimlar, qoravullar, yoki ofis hodimlari qo’ldagi signalizatsiya sifatida foydalansa bo’ladi.
Bu eshik qo’ng’irog’ida istalgan haridorga ma’qul keluvchi 38ta sinfonik ovozli tovushlar mavjud. O’zingizga mosini tanlab olishingiz ham oddiygina ikki tugma orqali amalga oshiriladi. Ovoz baland pastligini ham birgina tugma yordamida amalga oshirsangiz bo’ladi. Bunda 4 ta ovoz balandligini mabjud. Baland, o’rta va pastroq yoki tokdan uzmagan holatda ovozsiz qilishingiz ham mumkin.
O’rnatish oson va qulay, ichki va tashqi qurilmalar sim orqali ulanmaydi. Uni hattoki uy bekalari tamonidan ham o’rnatilsa bo’ladi. O’rnatish ko’p vaqt va boshqa jihozlar talab etmaydi. Qo’ng’iroq tugmasini eshik tashqarisiga, ichki blokni esa bir nechta devor ortiga o’rnatish ham mumkin. Ochiq maydonda 300metrgacha masofada ishlaydi. Shunchaki eshik qo’ng’irog’ini harid qiling va osongina o’rnating.
- Birinchi navbatda eshik qo’ng’irog’i tugmasini oling va komplektidagi batareyani o’rnating. Batareya faqatgina eshik qo’ng’irog’i (tashqi tugma) uchun. Batareya tugma bosilishiga qarab 1 yildan 5 yilgacha yetadi. Batareya quvvati tugagandan so’ng albatta uni utilizatsiya qiling. Iltimos doim sifatli alkaline bataeryalardan foydlaninig, bu qo’g’iroqni uzoq muddat xizmat qilishiga yordam beradi.
- Eshik qo’ng’irog’ini maxsus ikki tamonlama yelimli lenta bilan eshikni tashqi tamoniga devorga qotiring. Yoki komplektdagi ikkita samarez yordamida qotiring. Bunda eshik qo’ng’irog’ini metal buyumlarga va elektr toki o’tgan joylarga o’rnatish tavsiya etilmaydi.
- Ikkinchi ichki blok (kattasi)ni uyingizni istalgan joyidagi elektr tokiga ulang.
- Ichki blokning yon tamonidagi ikki tugma (DOWN va UP) yordamida o’zingizga mos qo’ng’iroq musiqasini tanlang
- Ichki blokning yon tamonidagi boshqa (alohida turgan) tugma yordamida esa ovoz bland yoki pastligini sozlang.
- Va ESHIK QO’NG’IROG’I tayyor. Tashqi tamondan bosib tekshirishingiz mumkin)
- Tashqi blok (tashqi tugma) batareya qo’yish uchun qo’g’iroqcha ostida kichik teshikcha bor. Uning ichidagi plastik oyoqchani ehtiyotkorlik bilan bosing va oching. Batareya qo’yishda ahamiyatli bo’ling. Uning musbat va manfiy tamonlarini adashtirib yubormang.
- Tashqi blok (tashqi tugma)ni metal buyumlarga va elektr toki o’tgan simlarga yaqin qotirish tavsiya etilmaydi. Bu qo’ng’iroq o’zidan o’zi ishlab ketishiga va tez buzulishga sabab bo’ladi.
- Eshik qo’ng’irog’ini imkon qadar, qattiq beton, gipsokarton, g’ishtli devorlarga o’rnating.
- Eshik qo’ng’irog’i qor, yomg’ir va namlikka chidamli ammo uni tashqi va ichki bloklarini imkon qadar suv tushmaydigan joylarga o’rnating.
- Elektr tokida turganida uni ho’l mato bilan artmang yoki tozalashga urinmang.
- Chang yutgich yoki kuchli shamoldan himoyalang.
Komplekt tarkibi:
Qo'ng'iroqlarni qabul qiluvchi (ichki blok) - 1 dona
Qo'ng'iroq uzatgichi (tugmacha) - 1 dona
Batareya 12V - 1 dona
Qo'ng'iroqlarni qabul qiluvchi (ichki blok) - 1 dona
Qo'ng'iroq uzatgichi (tugmacha) - 1 dona
Batareya 12V - 1 dona
Qadoqdagi hajmi: Eni-15.5sm, Uzunlik-22sm. Balandlik-7.5sm
Tashqi blok hajmi: Eni-4sm, Uzunlik -7sm. Balandlik-2sm.
Ichki blok hajmi: Eni-6sm, Uzunlik -10sm. Balandlik-2.5sm (rozetka vilkasisiz)
Qadoqdagi og’irligi: 155gr.
Tashqi blok og’irligi: 28gr. (batareyasiz)
Ichki blok og’irligi: 78gr.

