Kitob haqida
Zelda o‘n to‘rt yoshga to‘lganida dahshatli fojiaga duch keldi. Uning singlisi o‘g‘irlab ketildi, bolani qutqarib bo‘lmadi. O‘shandan beri o‘n yil o‘tdi. Qizaloq "Oyi, ruxsat bersangiz..." nomli grafik roman yaratib, qayg‘u va aybdorlik hissi bilan kurashadi. Bu distopiya bo‘lib, uning bosh qahramoni dahshatli jinoyatlarni, jumladan, odam o‘g‘irlashni oldini olish uchun vaqt bo‘ylab sayohat qiladi.
Zelda o‘z asarini nashr ettirmoqchi bo‘ladi, ammo Nyu-Yorkdagi nashriyotlar unga rad javobini beradi. Qiz sinib qoladi, umidlari puchga chiqadi. U notanish shaharda yolg‘iz qoladi. Aynan ana shu zaiflik va umidsizlik lahzasida Bekett bilan uchrashadiQochib qutulib bo‘lmaydi. Maqsadsiz, natijasiz, xuddi la’nati g‘ildirakka qamab qo‘yilgan sincapday, cheksiz oldinga intilishdan boshqa iloj yo‘qatli xatoga yo‘l qo‘ygan va jazoni o‘tab bo‘lgan, ammo xotirjam bo‘la olmayapti. Katta shahar uning uchun tuzoqqa aylandi. Qochib qutulib bo‘lmaydi. Maqsadsiz, natijasiz, xuddi la’nati g‘ildirakka qamab qo‘yilgan sincapday, cheksiz oldinga intilishdan boshqa iloj yo‘q.
Cheksiz aybdorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan ikki ezilgan inson bir qayiqqa tushib qoladi. Endi ular eng qiyin tanlov oldida turibdi. Omon qolish, baxt va kechirim topish uchun birlashish. Yoki imkoniyatdan voz kechib, birgalikda halok bo‘lish.

