Nashriyot: BOOKTOPIA
Sahifa soni: 384 bet
Muqova: QATTIQ
Ushbu kitob O'zbekistonning eng yangi tarixiga bag'ishlangan bo'lib. unda davlatchilik, jamiyat tafakkuri va mamlakatning rivojlanish yo'llari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, jamiyat hayotining muhim burilish nuqtalarida shaxslarning roli va boshqaruv mexanizmlarining millionlab insonlar taqdiriga ta'siri yoritilgan.
Muallif yaqin o'tmishga tanqidiy nazar tashlar ekan, 2016-yilgacha bo'lgan davrdagi boshqaruv holati, xavfsizlik va barqarorlikni mutlaqlashtirish oqibatlari, jamiyatni demokratlashtirish va erkinlik o'rtasidagi muvozanat hamda mamlakatning xalqaro doiradagi o'rni kabi mavzular borasida mulohaza yuritadi.
Mazkur kitob ilmiy doiralar, keng jamoatchilik, shuningdek, O'zbekistonning yaqin tarixi bilan qiziquvchi va uning kelajagiga befarq bo'lmagan barcha toifadagi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

