• Muallif: Kamoliddin Rabbimov
• Sahifalar soni: 352
• Kitob formati: A5
• Muqova: qattiq
• Nashir qilingan yil: 2025
Mazkur kitob Oʻzbekistonning zamonaviy tarixiy taraqqiyotiga bagʻishlangan boʻlib, unda davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim jarayonlar hamda dolzarb muammolar chuqur tahlil qilinadi. Asarda ijtimoiy tafakkurning shakllanishi, boshqaruv madaniyati va siyosiy ong evolyutsiyasi keng yoritilgan.
Muallif mamlakat va uning xalqining oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli bilan bogʻliq savollarga javob izlaydi. Jumladan, quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilinadi:
– Yaqin oʻtmishga tanqidiy yondashuv qanchalik zarur?
– 2016 yilgacha shakllangan boshqaruv tafakkurining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat edi?
– Xavfsizlik va barqarorlikni ustuvorlashtirish qanday natijalar keltirib chiqardi? Erkinlik va xavfsizlik oʻrtasidagi muvozanat qayerda boʻlishi kerak?
– Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi mavqei nimalarni anglatardi?
– Ijtimoiy norozilik harakatlarining mazmuni va yoʻnalishi qanday oʻzgardi?
– Demokratiya davlat qudratini oshiradimi yoki uni zaiflashtiradimi?
Muallif ushbu va boshqa savollarni tahlil qilar ekan, oʻquvchini yaqin tarixga nazar tashlashga va kelajak istiqbollari haqida mushohada yuritishga undaydi. Kitobda alohida shaxslarning roli, siyosiy qarorlarning millionlab insonlar taqdiriga taʼsiri, burilish nuqtalari va muhim oʻzgarishlar batafsil yoritiladi.
Asar Oʻzbekiston davlatchiligi va jamiyat taraqqiyoti masalalariga befarq boʻlmagan keng kitobxonlar ommasi uchun foydali fikrlar va xulosalar beradi.

