Kitob Oʻzbekistonning zamonaviy tarixiga bagʻishlangan. Unda davlatlilik va jamiyat oldidagi eng yirik muammolar, ijtimoiy tafakkurning oʻziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Muallif mamlakat va uning xalqi oʻtmishi, buguni va kelajagi bilan bogʻliq savollarga javob topishga harakat qiladi. Jumladan, quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
– Yaqin oʻtmishni tanqidiy tahlil qilish zarurmi?
– 2016 yilgacha boshqaruv tafakkuri qanday edi?
– Xavfsizlik va barqarorlikni mutlaqlashtirish qanday oqibatlarga olib keldi? Xavfsizlik va erkinlik oʻrtasidagi muvozanat qayerda?
– Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori nimadan dalolat berardi?
– Ijtimoiy norozilik namoyonlarining xarakteri qaysi tomonga oʻzgardi?
– Demokratiya davlatni kuchaytiradimi yoki zaiflashtiradimi?
Ana shu va boshqa koʻplab savollarga javob izlar ekan, muallif oʻquvchini yaqin oʻtmishga sayohat qilishga va Oʻzbekistonning yaqin kelajagiga nazar tashlashga chorlaydi. Kitobda alohida shaxslarning roli, ularning boshqaruv orqali millionlab insonlar taqdiriga taʼsiri, muhim burilish nuqtalari va oʻzgarishlar batafsil yoritilgan. Ushbu asar Oʻzbekiston xalqi va uning davlatchiligi taqdiri befarq boʻlmagan barcha kishilar uchun foydali gʻoyalar, mulohazalar va tavsiyalar berishi mumkin.

