Black Afgano — italyan parfyumeri Alessandro Gualtieri tomonidan yaratilgan jasur va avangard unisex atir. "Nasomatto" brendi hech qachon o'z tarkibini oshkor qilmaydi — atirni tushunish faqat burun orqali, shaxsiy tajriba asosida bo'lishi kerak.
Kompozitsiya yashil va o'tloqli notalar bilan ochiladi, so'ngra qahva, tamaki va qatronli yog'och notalariga o'tadi. Bazada esa agar yog'ochi va livan (ladan) uyg'unlashib, chuqur, tutunli va uzoq saqlanadigan shlyaf hosil qiladi. Bu atir o'zini ko'rsatishdan qo'rqmaydigan, mistik va jasur shaxslar uchun ajoyib tanlov hamda noodatiy sovg'a bo'la oladi.


