Erkaklar va ayollar uchun universal dizayndagi ushbu poyabzal kundalik foydalanish hamda dala ishlari uchun ayni muddao. Yuqori qismi tabiiy charmdan tayyorlangan bo‘lib, chang va tashqi ta’sirlardan yaxshi himoya qiladi. Maxsus tortiladigan ipli dizayni tufayli oyoq ichiga qum, chang yoki mayda narsalar kirishini oldini oladi.
Yurishda juda qulay, yengil va oyoqqa moslashuvchan bo‘lib, uzoq vaqt kiyilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Sirpanishga qarshi mustahkam tagligi turli yo‘llarda ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi. Kundalik kiyish uchun ham juda mos, oyoqni siqmaydi va terlatmaydi.
Suvga chidamli materiali namlikdan himoya qiladi, shu sababli dala ishlari, sayohat, tog‘li hududlar va faol hayot tarzi uchun ideal tanlov hisoblanadi. Kengroq fasoni oyoqqa erkinlik beradi va harakat paytida maksimal qulaylik yaratadi.

