• Yuqori notalar: nok, mandarin
• O‘rta notalar: ambretta
• Asosiy notalar: mushk
• Erkaklar va ayollar uchun, kundalik va yozgi muhit uchun mos
• Qo‘llash: 2-4 marta bo‘yin va bilakka purkash
• Chidamlilik: 5–7 soatgacha
Lxury Parfumes Las Vegas — yorqin shahar energiyasi va erkinlik kayfiyatidan ilhomlangan zamonaviy parfyumlangan suv. Hid nok va mandarinning mevali-sitrus ohanglari bilan ochilib, yengil va quvnoq kayfiyat bag‘ishlaydi. O‘rta notalarda ambretta aromatga muloyim iliqlik va nafislik qo‘shadi. Yakunda mushk toza va yumshoq shleyf hosil qilib, hidni muvozanatli va yoqimli tarzda yakunlaydi. Ushbu atir BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)da ishlab chiqarilgan bo‘lib, erkaklar va ayollar uchun kundalik foydalanishga juda mos keladi.
Hajmi: 100ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

