G‘ilof (chexol) — bu shunchaki dizayn elementi emas, balki telefon himoyasining muhim qismidir. To‘g‘ri tanlangan g‘ilof qurilmani ko‘plab tashqi ta’sirlardan asrab, uning xizmat qilish muddatini sezilarli darajada uzaytirishi mumkin.
✅ G‘ilof nimalarni himoya qiladi?
📱 Orqa panel va yon tomonlar
– Tirnalishlar, ishqalanishlar va yiqilgandagi darz ketishlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan asosiy hudud.
– G‘ilof korpusning shikastlanishini oldini oladi, ayniqsa orqa qismi shishali yoki yaltiroq (glyans) bo‘lgan modellarda.
📐 Smartfon burchaklari
– Yiqilganda eng zaif hisoblangan nuqtalar.
– Ko‘pgina g‘iloflar (ayniqsa, silikonli va zarbaga chidamli modellar) zarbani yumshatuvchi qalinlashgan burchaklar yoki mustahkamlangan qo‘shimchalarga ega.
📞 Tugmalar va portlar
– Yopiq yoki ichkariga botgan tugmalar chang kirishi va tasodifiy shikastlanishdan himoyalangan.
– Ayrim g‘iloflarda chang va namlik kirmasligi uchun portlar (ulagichlar) uchun maxsus tiqinlar ham mavjud.
🧼 Chang, kir va mayda zarralar
– G‘ilof korpus va tugmalar orasidagi tirqishlarga kir tushishiga to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
💧 Namlikdan himoya (qisman)
– Ba’zi modellar namlikdan himoyalovchi konstruksiyaga ega, biroq g‘iloflarning aksariyati suv o‘tkazmas (vodonepronitsayemiy) emas.
– Yomg‘ir tomchilari yoki sachrashlardan g‘ilof qutqaradi, lekin suvga to‘liq botishdan emas.
🪨 Zarbalar va yiqilishlar
– Zarbaga chidamli (udaroprochniy) g‘iloflar yiqilganda shikastlanish xavfini kamaytiradi.
– Amortizatsiya (zarbani qaytarish) egiluvchan silikon, rezina yoki ko‘p qatlamli konstruksiya hisobiga amalga oshiriladi.

