Erkaklar uchun qulay va zamonaviy cargo shim kundalik obrazlar uchun ajoyib tanlov. Model erkin bichimda tayyorlangan bo‘lib, harakat vaqtida qulaylik yaratadi. Yon tomonlardagi hajmli cho‘ntaklar shimga zamonaviy ko‘rinish beradi va mayda buyumlarni saqlash uchun qulay. Bel qismi bog‘ich yordamida sozlanadi, pastki qismi esa rezinkali. Futbolka, svitshot, huddi va krossovkalar bilan oson uyg‘unlashadi.

