Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- Yuqori sifatli mato: Maxsus tibbiy matodan tikilgan bo'lib, havo o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Tana nafas oladi, terlamaydi va uzoq vaqt davomida o'z ko'rinishini yo'qotmaydi.
- Ergonomik bichim va dizayn: Zamonaviy tik yoqa (стойка) hamda qulay tugmalar (knopkalar) yordamida halatni tez va oson kiyish mumkin. Klassik oq rang va cho'ntaklar chetidagi kontrastli chiziqlar sizga o'zgacha uslub bag'ishlaydi.
- Ko'p funksiyali cho'ntaklar: Old qismida joylashgan keng cho'ntaklar ish jarayonida kerakli bo'lgan tibbiy anjomlar, ruchka va smartfonni doimo yoningizda olib yurish imkonini beradi.
- Oson parvarish: Mato yuvilganda kirishib ketmaydi, rangini yo'qotmaydi va oson dazmollanadi. Kundalik ko'p marotaba yuvishga chidamli.
- Keng o'lchamlar gammasi: Har qanday tana tuzilishiga ega bo'lgan erkaklar uchun 44 dan 64 gacha o'lchamlar mavjud.
Kimlar uchun mos keladi?
Ushbu professional kiyim shifokorlar, xirurglar, stomatologlar, laborantlar, farmatsevtlar, tibbiyot oliygohlari talabalari hamda go'zallik va sog'lomlashtirish industriyasi xodimlari uchun idealdir.