Erkaklar uchun taktik sport soati: Suvga chidamli va yoritgichli
Faol hayot tarzi, sport va kundalik foydalanish uchun moʻljallangan barcha qulayliklarga ega erkaklar elektron qoʻl soati. Ushbu soat oʻzining agressiv, zamonaviy va taktik dizayni hamda pishiq korpusi bilan ajralib turadi.
Soat bir vaqtning oʻzida ham raqamli ham klassik mil koʻrinishidagi displeyga ega boʻlib, har qanday vaziyatda vaqtni aniq va qulay kuzatish imkonini beradi.
Zarbga va tirnalishga chidamli korpus: Pishiq polimer materialdan tayyorlangan boʻlib, nojoʻya zarbalar va faol harakatlarga bardosh beradi.
Tungi yoritgich Tugmani bosish orqali qorongʻi joylarda va tungi vaqtda displey yorqin va aniq koʻrinadi.
Suvga chidamlilik Yuz-qoʻl yuvishda, yomgʻirli ob-havoda yoki mashgʻulotlar paytida suv kirishidan xavfsiz.
Koʻp funksionallik: Budilnik signal sekundomer taymer toʻliq kalendar hafta kuni, sana va vaqt formati 12/24 soat
Egalik qilishga qulay kamar: Silikon/rezina siljimas va yumshoq tasma bilakni qismaydi, uzoq vaqt taqib yurganda ham qulaylik beradi.
Kimlar uchun mos?
Sportchilar, yuguruvchilar va fitnes ixlosmandlari;
Harbiy va taktik uslubni yoqtiradiganlar;
Sayohat va ochiq havodagi hordiqni xush koʻruvchilar;
Kundalik va zamonaviy uslubda kiyinuvchi erkaklar hamda oʻsmirlar uchun.
Ajoyib sovgʻa tanlovi!
Ota, turmush oʻrtoq, aka-uka, oʻgʻil yoki doʻstingiz uchun Tugʻilgan kun, Vatan ximoyachilari kuni, Bayramlar va maxsus sanalar uchun ajoyib hamda amaliy sovgʻa!
📌 Eslatma: Soat tugmalarini suv ostida bosmaslik va qaynoq suv dush va saunada taʼsiridan holi tutish tavsiya etiladi.

