Erkaklar uchun zamonaviy ryukzak — o‘qish, ish va kundalik foydalanish uchun qulay tanlov. Ryukzak ichiga 15,6 dyuymgacha bo‘lgan noutbuk sig‘adi. Keng hajmli bo‘limlari kitob, daftar, hujjat, planshet va kundalik buyumlarni tartibli joylashtirishga yordam beradi.
Sifatli materiali namlikdan himoya qiladi, mustahkam zamoklari esa uzoq muddat foydalanish uchun qulay. Yelkaga osiladigan kamarlari qulay bo‘lib, maktab, universitet, ofis, sayohat va har kuni ko‘tarib yurish uchun mos.
Xususiyatlari:
• Balandligi: 40 sm
• Eni: 32 sm
• Chuqurligi: 18 sm
• Hajmi: 25 litr
• 15,6 dyuymgacha noutbuk uchun mos
• Namlikdan himoya
• Mustahkam zamoklar
• O‘qish, ish va kundalik foydalanish uchun qulay





