Ushbu sport oyoq kiyimlari (sorokonojkalar) minifutbol va sun'iy qoplamali maydonlarda mashg‘ulot o‘tkazish uchun ishlab chiqarilgan. Katta tishli butsilardan farqli o‘laroq, ushbu modelning tag qismi yuzlab mayda rezina tishchalar bilan qoplangan. Bu xususiyat qattiqroq yuzalarda oyoqqa tushadigan bosimni teng taqsimlaydi va mukammal ushlab turishni (ssepleniya) ta'minlaydi.
Yuqori qismi chidamli sun'iy materialdan tayyorlangan bo‘lib, namlikka chidamli va tozalash uchun qulay. Oyoq kiyimning shakli to‘p bilan aniq harakat qilish va zarba berish uchun moslashtirilgan. Ichki qismidagi yumshoq astar o‘yin davomida oyoqning qulay joylashishiga yordam beradi. Model ham havaskorlar, ham boshlovchi futbolchilar uchun mos keladi.

