Outventure erkaklar uchun issiqlik saqlovchi kurtka sovuq va o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida sayohat qilish, piyoda yurish va faol dam olish uchun yaratilgan. Zamonaviy +ADD WARM issiqlik saqlagich Pro Reflect texnologiyasi va ichki tomondagi keramika printi bilan birlashib, issiqlikni samarali saglashga yordam beradi. To‘liq yopishtirilgan tikuvlarga ega +ADD DRY membrana yomg‘ir, ho‘lsimon qor va shamoldan himoyalanishni ta’minlab, yuqori faollikda ham qulay mikroiqlimni saqlaydi. Suv o‘tkazmaslik xususiyati va bug‘ o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari: 10 000 mm / 10 000 g/m²/24 soat. Sozlanadigan kapyushon, pastki taranglatkich va yopishqoq tasmali manjetlar sovuq shamoldan ishonchli himoyalanishga yordam beradi. Qo‘shimcha qulaylik uchun ushbu issiq erkaklar kurtkasida iyak terisining ishqalanishining oldini oladigan ziperli klapan mavjud. Modelda yumshoq flis astarli yon cho‘ntaklar, ko‘krak cho‘ntagi va muhum kichik narsalar uchun ichki cho‘ntakdan iborat 4 ta amaliy ziperli cho‘ntak mavjud. Ko‘krak va yengdagi nur qaytaruvchi elementlar sizni kechasi va yomon ob-havoda ko‘rinishliroq qiladi. 5 dan -25 °C gacha boʻlgan harorat uchun ishlab chiqilgan. Agar siz 4 km/soat tezlikda yursangiz, -5 °C da qulay boʻlasiz va -25 °C da, agar faol harakat qilsangiz yoki sport bilan shugʻullansangiz. Harorat rejimi ISO 11079 va BS EN 342:2017 standartlariga muvofiq belgilangan va 4 m/s bo‘lgan yengil shamolni hisobga oladi. Muhim: Haroratni sezish ob-havo sharoitlari, kiyim qatlamlari miqdori va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq.

