ERDAN erkaklar krasovka-etigi — kuz-qish mavsumida kundalik kiyish uchun qulay va amaliy model. Dizayni krossovka va etik uslubini birlashtirgan bo‘lib, klassik va casual kiyimlar bilan oson moslashadi.
Mahsulotning ustki qismi sun’iy charmdan, tag qismi esa qalin va mustahkam materialdan tayyorlangan. Qalin taglik nam, sovuq va loyli yerda yurishda oyoqni yer yuzasidan yaxshiroq ajratib turadi. Shu sababli modelni qorli, yomg‘irli, salqin va loyli kunlarda ham kundalik foydalanish uchun tanlash mumkin.
Ichki qismi yumshoq va issiq bo‘lib, sovuq mavsumda oyoqqa qulaylik beradi. Bog‘ichli dizayn oyoqqa mahkam turishga yordam beradi. Modelning tashqi ko‘rinishi ortiqcha sport uslubida emas, shu sababli klassik shim, jinsi, cargo va kundalik kiyimlar bilan ham yaxshi tushadi.
Mahsulot 3 xil rangda mavjud. O‘zingizning kiyinish uslubingizga mos variantni tanlashingiz mumkin.
Ushbu model malomerka hisoblanadi. Odatda kiyadigan o‘lchamingizdan 1 razmer kattaroq xarid qilish tavsiya etiladi. Masalan, odatda 42 razmer kiysangiz, 43 razmer tanlash maqsadga muvofiq.
Hurmatli xaridor, mahsulot alohida oyoq kiyim karopkasiz yuboriladi. Bu haqda buyurtma berishdan oldin ochiq ma’lumot beramiz. Yetkazib berish uchun mahsulot ehtiyotkorlik bilan qadoqlanadi. Karopkaning yo‘qligi mahsulotning sifati va foydalanish xususiyatlariga ta’sir qilmaydi.
Agar mahsulotni qabul qilganingizdan so‘ng biror savol, nuqson yoki boshqa muammo aniqlansa, iltimos, sotuvchi chatiga murojaat qiling. Murojaatingizni ko‘rib chiqib, imkon qadar tez yordam berishga harakat qilamiz.
ERDAN erkaklar krasovka-etigi
Kuz va qish mavsumi uchun
Sun’iy charm ustki qism
Qalin va mustahkam taglik
Qorli, yomg‘irli va loyli kunlarda kundalik kiyishga mos
Klassik va casual uslub bilan uyg‘un
4 xil rang varianti
Malomerka — 1 razmer kattaroq olish tavsiya etiladi

