Maxsus yumshoq qo‘y terili astar oyoqlarga to‘liq qulaylik beradi, havo o‘tkazuvchi qatlam esa oyoqlaringizni “nafas olish” imkonini beradi.
Podoshva — sirpanmas, yengil va bardoshli EVA materiali asosida tayyorlangan. Ish, sayr yoki kundalik kiyim uslubiga mukammal mos tushadi.
M-DS 356 modeli komfort qolipda bo‘lib, odatiy o‘lchamda juda qulay o‘tiradi. Oyoq kengligi standart bo‘lgan mijozlar o‘z razmerini olishlari mumkin. Tor oyoqli xaridorlarga yarim razmer kichikroq olish tavsiya etiladi. Keng oyoqli mijozlarga esa o‘z razmeri juda mos tushadi.
❗ Diqqat: Buyurtma berishdan oldin o‘lchamlar jadvalini diqqat bilan ko‘rib chiqishingizni so'raymiz.
Har bir modelning qolipi turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun sizga mos razmerni aniqlash uchun “O‘lchamlar” bo‘limidagi ichki uzunliklarga e’tibor bering. Bu sizga eng qulay o‘tiradigan razmerni tanlashga yordam beradi.
📦 Qadoqda: maxsus Marshall paketlari bilan.
Marshall Shoes — sifat, nafislik va ishonchlilik timsoli. Har bir qadamda qulaylikni his eting!

