Maxsus yumshoq qo‘y terili astar oyoqlarga to‘liq qulaylik beradi, havo o‘tkazuvchi qatlam esa oyoqlaringizni “nafas olish” imkonini beradi.
Podoshva — sirpanmas, yengil va bardoshli EVA materiali asosida tayyorlangan. Ish, sayr yoki kundalik kiyim uslubiga mukammal mos tushadi.
K-SM 247 modeli komfort qolipda bo‘lib, odatiy o‘lchamda to‘g‘ri o‘tiradi. Oyoq kengligi standart bo‘lgan mijozlar o‘z razmerini olishlari mumkin. Oyoqlari keng bo‘lgan xaridorlarga yarim yoki bir razmer katta olish tavsiya etiladi.
❗ Diqqat: Buyurtma berishdan oldin o‘lchamlar jadvalini diqqat bilan ko‘rib chiqishingizni so'raymiz.
Har bir modelning qolipi turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun sizga mos razmerni aniqlash uchun “O‘lchamlar” bo‘limidagi ichki uzunliklarga e’tibor bering. Bu sizga eng qulay o‘tiradigan razmerni tanlashga yordam beradi.
📦 Qadoqda: maxsus Marshall paketlari bilan.
Marshall Shoes — sifat, nafislik va ishonchlilik timsoli. Har bir qadamda qulaylikni his eting!

