• To‘g‘ri razmer tanlash uchun tavsiyalar
• Oyoq uzunligini o‘lchab ko‘ring: Oyoq o‘lchamingizni aniqlash uchun varaq ustiga oyoq qo‘ying va barmoqlardan to tovongacha bo‘lgan uzunlikni o‘lchang. O‘lchov natijasi asosida to‘g‘ri razmer tanlang.
• O‘lchamlar bo‘limiga e’tibor bering: Har bir mahsulot sahifasida “O‘lchamlar” bo‘limi mavjud. U yerda modelning razmerlari, oyoq uzunligiga mos keladigan razmerlar haqida ma’lumot berilgan. Aynan shunga qarab tanlov qilishingiz tavsiya etiladi.
• Agar oyoqingiz “oraliq razmer”da bo‘lsa — katta tomonni tanlang: Masalan, oyoq uzunligi 26,3 sm bo‘lsa, 26,5 sm ga mos keladigan razmerni tanlang. Bu sizga yanada qulaylik beradi.
• Oldin kiygan razmerlaringizni yodda tuting: Agar siz ilgari shu krassovkadan yoki o‘xshash modeldagi krossovkani kiygansiz, o‘sha tajribaga tayansangiz ham bo‘ladi. Biroq, har bir modelda kichik farq bo‘lishi mumkin, shuni yodda tuting.
• Agar siz to‘g‘ri razmer tanlasangiz, mahsulot sizga yanada qulayroq bo‘ladi va qaytarish ehtimoli ancha kamayadi. Shuning uchun tanlovda biroz e’tiborli bo‘lishingizni tavsiya qilamiz.
Erkaklar uchun zamonaviy va qulay krassovka – kundalik yurish, sport mashg‘ulotlari va faol dam olish uchun ideal tanlov. Yumshoq ichki qoplama, nafas oluvchi material va mustahkam poyabzal tagligi oyoqlaringizni butun kun davomida qulay saqlaydi. Sport uslubidagi ushbu erkaklar oyoq kiyimi har qanday kiyim bilan uyg‘unlashadi.
Ushbu erkaklar uchun krassovkalar zamonaviy dizayn asosida ishlab chiqarilgan. Nafas oluvchi to‘qima oyoqlarning qizib ketishini oldini oladi, elastik va sirpanmas poyabzal tagligi esa har qanday sirt ustida ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi.
Krassovkaning og‘irligi yengil bo‘lib, uzoq masofalarga yurishda yoki mashg‘ulotlarda oyoqlarni charchatmaydi. U sport, yurish, ishga borish, sayr qilish va hatto sayohat uchun ham mos keladi. Yilning bahor, yoz va kuz fasllarida ideal tanlov hisoblanadi.


