Erkaklar uchun sling sumka donador teksturali tabiiy charmdan tayyorlangan. Bu shahar, sayohat va kundalik foydalanish uchun universal yelka sumkasi.
Qulay bo’limlar:
- Ikki tomonlama zamokli asosiy bo’lim, ichida astar va mayda buyumlar uchun cho’ntak bor
- Old tomonda qo’shimcha zamokli bo’lim
- Telefon, kalit yoki kartalarni tez olish uchun old tomonda vertikal zamokli cho’ntak
- Orqa tomonda, badanga tegib turadigan magnit tugmali cho’ntak, hujjat va pullar xavfsiz saqlanadi
- Quloqchin simi uchun teshik
- Keng, sozlanadigan kamar yumshoq charm qoplamaga va metall fasteksga ega, bir soniyada yechiladi. Yon tomondagi ikki halqa tufayli kamarni o’ng yoki chap yelkaga moslash mumkin. Shu sababli sumkani yelkada, ko’krakda yoki orqada taqish qulay.
Furnitura metalldan, to’q nikel rangida, zamoklar silliq va mustahkam. Ko’krak sumkasiga smartfon, hamyon, kalitlar, quloqchin, powerbank va hujjatlar sig’adi. U erkak kishiga ajoyib sovg’a bo’ladi.