• Toifasi: Erkaklar atiri (Eau de Parfum)
• Hid turi: Sitrus–aromatik–yog‘ochli (Citrus Aromatic Woody)
• Asosiy notalar: Bergamot, greypfrut, limon, lavanda, vetiver, paçuli, mushk
• Fasl: Bahor va yoz uchun ideal, biroq har mavsumda foydalanish mumkin
• Foydalanish vaqti: Kunduzgi va kechki
Roja Elysium Pour Homme — bu erkinlik, kuch va o‘ziga ishonchni ifodalovchi mukammal erkaklar atiri. “Elysium” nomi yunon afsonalaridagi osuda, mukammal jannat joyi — Elysian Fields dan ilhomlangan. Shuning uchun bu atir o‘zini hayotda g‘alaba qozonuvchi, ammo xotirjamlikni qadrlovchi erkaklar uchun yaratilgan.
Roja Elysium — bu toza, quvnoq va “energiya bilan to‘lgan” hid. U ilk lahzada sitrus portlashi bilan uyg‘otadi, keyin lavanda va qoraqarag‘at notalari bilan tinchlanadi, yakunda esa vetiver va mushk bilan chuqur, jiddiy ohangga kiradi.
Bu hid — erkakning kuchi va yumshoqligi uyg‘unlashgan holatining ifodasi.
Kristall ko‘k shisha flakon — tozalik, erkinlik va kuch timsoli. Oltin detal va minimalistik dizayn uni hashamatli ko‘rsatadi.
Roja Elysium — bu o‘z yo‘lidan qat’iy, har bir qadamini o‘ylangan, ammo hayotdan lazzat olishni biladigan erkak uchun. Uning hidi sizni toza havo, erkinlik va ichki kuch bilan to‘ldiradi.
Kundalik kiyimdan tortib kechki chiqishlargacha — bu atir har doim joyida bo‘ladi
Elysium — premium toifadagi sitrusli-aromatik kompozitsiya bo‘lib, birinchi purkashdayoq yuqori sifatli sitrus portlashi bilan ajralib turadi. Limon, bergamot, greypfrut va laym juda tiniq va tabiiy eshitiladi. Bu start oddiy sitrus emas, balki chuqur va silliq ishlangan.
Yurak bosqichida olma, qora smorodina va aromatik o‘tlar paydo bo‘ladi. Bu atirni yanada jonli va ko‘p qirrali qiladi. Yengil vetiver va archa (juniper) notalari erkaklarga xos toza va yashil kayfiyat beradi.
Bazada kedr, ambra va mushk asosiy rol o‘ynaydi. Shu kombinatsiya hidni barqaror, chuqur va uzoq davom etuvchi qiladi. Shlefi o‘rtacha va nafis, chidamliligi yaxshi. Kundalik foydalanish, ofis va yozgi uchrashuvlar uchun ideal.

