• Yuqori notalar: limon, bergamot, lavanda
• O‘rta notalar: doljin va yengil ziravorlar
• Asosiy notalar: pachuli, yog‘och notalari, amber, vanil
• Atir turi: Eau de Toilette — yengil va kundalik foydalanish uchun mos
• Chidamlilik: 4–6 soat, teri turiga qarab farqlanishi mumkin.
• Mavsumiyligi: bahor va yoz fasllari uchun qulay
Areej Sahib — bu erkaklar uchun yaratilgan atir bo‘lib, tetiklantiruvchi sitrus notalari bilan ochiladi. Aromat asta-sekin ziravorli va iliq yurak akkordlariga o‘tib, yog‘och, amber va vanil asosidagi yumshoq shleyf bilan yakunlanadi. Hid o‘ta og‘ir emas, shu sabab kundalik hayotda, ishda va faol harakatlar davomida qulay ishlatiladi. Eau de Toilette konsentratsiyasi tufayli hid yengil, toza va yoqimli eshitiladi.
EDT — bu yengil parfyum turi bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. kundalik foydalanish va issiq havoda sepish uchun juda qulay
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Turkiya
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi


