
Erkaklar sport shimi (triko) — har kunlik qulaylik va stil
Ushbu universal erkaklar sport shimi (triko) — amaliylik, zamonaviy dizayn va maksimal qulaylikning mukammal uygʻunligidir. Model faol mashgʻulotlar vaqtida ham, kundalik hayotda ham harakatlar erkinligini va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Asosiy afzalliklari:
- Yuqori sifatli mato: Yumshoq, tanaga yoqimli mato havo oʻtkazuvchan, terini ta'sirlantirmaydi va deyarlik siyqalanmaydi.
- Ideal oʻtirishi: Shnurli bel rezinkasi shimni qomatga moslab qulay va mustahkam ushlab turadi.
- Qulay detallari: Yon tomondagi choʻntaklar telefon, kalit va boshqa mayda buyumlarni solib yurishga juda mos keladi.
- Universal dizayn: Bejirim bichim va yon tomondagi chiroyli yoʻllar har qanday futbolka, svitshot hamda xudi bilan osongina moslashadi.
- Parvarish qilish oson: Mato koʻp martalab yuvilganda ham shaklini, qayishqoqligini va rangini yoʻqotmaydi, titilmaydi va tez quriydi.
Moʻljallangan: Sport bilan shugʻullanish, yugurish, fitnes, tabiat qoʻynida faol hordiq chiqarish, yoʻlga kiyish va uyda foydalanish uchun juda mos keladi.

