Ushbu erkaklar qo‘l soati klassik shakl va milliy ruhdagi dizayn uyg‘unligida yaratilgan. Ko‘k rangli siferblat markazidagi bezakli naqsh soatga o‘ziga xos va jiddiy ko‘rinish bag‘ishlaydi. An’anaviy raqamlar vaqtni oson o‘qishga yordam beradi.
Soat kvarts mexanizm asosida ishlaydi va aniq vaqtni kafolatlaydi. Mustahkam metall korpus va metall bilaguzuk kundalik foydalanishda qulaylik va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Bilakda juda chiroyli va jiddiy ko‘rinadi, ayniqsa rasmiy kiyimlar bilan juda mos tushadi.
Bu model ish faoliyati, uchrashuvlar va sovg‘a uchun ideal tanlov hisoblanadi.

