Poyabzalni ustki qismi ham, ichki qismi ham tabiiy toza teridan tayyorlangan, ichki qismida oyoq bosiladigan stelkasi o‘rnida usti teri bilan qoplangan maxsus yumshoq Turkiya pataklari qo‘yiladi, bu o‘z o‘rnida, kiygan odam uchun qulaylik yaratadi va oyoqqa yumshoqligi bilan ma'qul keladi.
Kleylash ishlarida Italiya va Turkiya kleylaridan foydalaniladi va qolgan ishlarda ham yuqori sifatli xom ashyolar ishlatiladi.
Podoshva xom ashyosi EVA bo‘lib, issiq va sovuq o'tkazmaydi, o'zi yengil chidamli bo'ladi.
Ma'lumot o‘rnida: tabiiy terining boshqa materiallardan farqi oyoqni terlatmaydi, odam sog‘lig'i uchun zarar yetkazmaydi. Ba'zida taniqli brendlarning poyabzallarining ham ichki qismi sintetika mato bilan qoplanganini ko‘ramiz, bu esa odam sog‘lig'i uchun zararli.
Tabiiy teridan tayyorlangan poyabzallar
Maxsus qadoqda

