Erkaklar krossovkasi – sport va har kunlik uchun
Yengil, qulay va zamonaviy krossovkalar faol hayot tarzi uchun ideal tanlov. Ular yugurish, sport zal, sayr va har kunlik kiyish uchun mos keladi. Uzoq vaqt kiysangiz ham oyoq charchamaydi.
Afzalliklari:
- Juda yengil – oyoqda deyarli sezilmaydi, uzoq yurishda ham qulay
- Nafas oluvchi to’r material – havo yaxshi aylanadi, oyoq terlamaydi va yoqimsiz hid paydo bo’lmaydi
- Yumshoq amortizatsiyali taglik – har bir qadamda zarbani yumshatadi, tizza va bel bo’g’imlariga tushadigan yukni kamaytiradi
- Sirpanmaydigan taglik – turli yuzalarda mustahkam turadi
- Oyoqni yaxshi ushlab turadi – tovon qismi qattiq va mustahkam, oyoq qiyshaymaydi
- Zamonaviy dizayn – sport kiyimlari, jinsi va kundalik kiyimlar bilan chiroyli uyg’unlashadi
- Oson parvarish – nam latta bilan tozalash kifoya
Kimga mos:
Yugurish va fitnes bilan shug’ullanuvchilarga, kun bo’yi oyoqda yuradiganlarga, talabalar va ishga boruvchilarga, qulaylikni qadrlaydigan har bir insonga.
Xususiyatlari:
- Ustki qismi: to’r (setka) material
- Ichki qismi: tekstil
- Taglik: yengil ko’pikli material (EVA) + rezina
- Mavsum: bahor, yoz, kuz
- Jinsi: erkaklar uchun
- Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
Parvarish: Kir yuvish mashinasida yuvmang. Nam latta yoki yumshoq cho’tka bilan tozalang, xona haroratida quriting.