Klassik erkaklar kamari eko charmdan tayyorlangan. Chetlari bo‘ylab naqshli tikuv bor, to‘qasi metall, klassik (shpenkali). Bu remen shim, klassik kostyum va jinsi bilan birdek chiroyli ko‘rinadi — ishga, o‘qishga, to‘y-marosimlarga va har kunga mos belbog‘.
Naqshli chetlar — chetlaridagi bezakli tikuv kamarni oddiy qayishdan ajratib turadi.
Metall to‘qa — to‘g‘ri burchakli, to‘q kulrang, klassik shpenkali.
Oson sozlanadi — teshiklar orqali belingizga moslab olasiz.
Uchi osilib qolmaydi — kamar uchi halqaga kiritiladi, to‘qa qismi parchin bilan mahkamlangan.
Ikki rang — to‘q ko‘k va qora: kostyum, shim va jinsi bilan oson mos tushadi.
Eko charm — yengil, egiluvchan, parvarishi oson.
Material: eko charm (ekokoja, TPU)
To‘qa: metall, klassik (shpenkali), to‘g‘ri burchakli
Ranglari: to‘q ko‘k, qora
Uzunligi: 115 sm (o‘lcham 46)
Kengligi: 4 sm
Komplektatsiya: 1 dona kamar
Kamar uzunligi to‘qasi bilan birga 115 sm. Hozir taqib yurgan kamaringizni to‘qasidan o‘zingiz ishlatadigan teshikkacha o‘lchang va 115 sm bilan solishtiring. Bel o‘lchami teshiklar orqali sozlanadi.
Klassik uslubni yoqtiradigan erkaklar va yigitlar uchun. Ota, aka-uka, turmush o‘rtog‘i yoki do‘stga sovg‘a sifatida ham yaxshi tanlov.
Kafolat: 6 oy.

