Zamonaviy erkaklar portmonesi 2 in 1: hamyon va yechiladigan kardxolder. Har kungi kerakli narsalar bitta aksessuarda turadi: bank kartalari, hujjatlar va naqd pul.
Modelning asosiy xususiyati yechiladigan kardxolder. U tashqi cho’ntakka joylanadi va bir harakatda chiqariladi. Unda ID karta, haydovchilik guvohnomasi yoki propusk uchun shaffof oyna bor. Kardxolderni alohida olib yurish mumkin.
Formatni tanlang:
Tashqi qismi krokodil tasvirli ekokojadan, chetlari tekis tikilgan, metall burchak bezagi bor. Ichki qismi silliq ekokoja va matoli astar.
Portmone chiroyli qutida, shuning uchun bu erkak, ota, aka-uka, hamkasb yoki do’st uchun tug’ilgan kun yoki Yangi yilga tayyor sovg’a.

