
Universal va amaliy to‘qilgan sharf.
Sovuq mavsumda sharf nafaqat aksessuar, balki zaruriy ehtiyoj hamdir. Ushbu model engil, lekin iliqlikni saqlaydi, ya’ni juda qalin bo‘lmagan, lekin shamoldan himoya qila oladigan variant izlayotganlar uchun ayni muddao.
Nima uchun aynan ushbu sharf?
✔ Optimal o‘lcham – 20x190 sm, uzunligi bo‘yicha qulay bo‘lib, bo‘yin atrofini yaxshi o‘rab turadi va harakatga halaqit bermaydi.
✔ Universallik – Erkaklar, ayollar, bolalar uchun mos. Kundalik kiyim yoki klassik uslub bilan ham yaxshi uyg‘unlashadi.
✔ Akrildan tayyorlangan – Engil va tez quriydi. Sovuq ob-havoda issiqlikni saqlaydi, ayni paytda namlikni o‘ziga singdirib yubormaydi.
✔ Parvarishi oson – Yuvish va quritish jarayonida o‘z shaklini yo‘qotmaydi.
Ishga, sayrga yoki sayohatga – sharf doim asqotadi. Ko‘p joy egallamaydi, sumkada yoki cho‘ntakda olib yurish mumkin.
Biz sizga doimo eng yaxshisini taqdim etishga harakat qilamiz!
*Sharf akril va paxta aralashgan ipdan to'qilgan bo'lib, asosiy qismi akril (ya'ni jun) dan iborat.
*Akril tolasining tarkibi, yumshoqligi, elastikligi va jilosi tabiiy junga juda o'xshashdir va u "sun'iy jun" deb ataladi. Uning issiqlikni saqlashi jun matolardan 15% yuqori. Shuning uchun undan ko'proq qishki kiyimlar ishlab chiqariladi.
*Akril jundan 10% engilroq, lekin 2 barobar kuchliroq. Kislota va ishqorga hamda kuyaga chidamli. Keng tarqalgan to'qimachilik tolalari orasida eng yaxshisidir.



