Erix Mariya Remark: Qarzga olingan umr
Muhabbat ko‘ngil qo‘ygan insoningga fido bo‘lishing! Asarda avtomobil poygasi ishqibozi bo‘lgan Klerfening xasta Lilianga bo‘lgan fidoyi muhabbati, ularning birgalikda kechirgan sarguzashtlari va o‘rtalaridagi murakkabliklarga to‘la munosabatlar, oshiq-maʼshuqning iztiroblari tasvirlangan.
Yigit sevgilisining roziligini ololmay sarson, ammo uning ozorlaridan huzur topadi. Tuzalmas xastalikka yo‘liqqan, o‘z umrining kam qolganini ham biladigan Lilianning esa ichki olami butunlay mavhum, qorong‘i.
Qiz kasallikka qasdma-qasd hayotdan zavq olib yashashga, oz bo‘lsada, undan o‘z ulushini olib ulgurishga intiladiyu, biroq imkoniyati cheklangan. Qismat esa ularga butunlay boshqa narsani ravo ko‘radi.
Erix Mariya Remark: Uch og‘ayni
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto “remarkchilik” degan mashʼum atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jurʼat etmadi. Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan “mayda” odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor. Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
Erix Mariya Remark: Jannatdagi soyalar
Ular Amerika deya atalmish jannatga soya kabi kirdilar. Ikkinchi jahon urushi olovida yonib qovurilgan odamlar... O‘tmishini yo‘qotib, Yevropaning turli burchaklaridan quvilgan qochqinlar... Asablari tarang go‘zallik timsoli va sharobxo‘r yozuvchi. Telba aktrisa hamda ajoyib jarroh. Qarshilikning umidsiz qahramoni va o‘tkir optimistik biznesmen. Bunday turli toifadagi insonlarni nima birlashtirib turgan bo‘lishi mumkin? Tuturiqsiz muhojirona hayotning mo‘rtligimi yoki bir kun kelib uyga qaytishning muqaddas umidi?
Erix Mariya Remarkning o‘zbek tiliga ilk marotaba tarjima qilingan «Jannatdagi soyalar» kitobi mutolaasi davomida yuqoridagi savolga birgalikda javob topamiz.
Erix Mariya Remark: Umid uchquni
Erix Mariya Remarkning mazkur romani qolgan ko'plab asarlari kabi II jahon urushining fojelari haqida bong uradi. Dahshatli konslager changali, insonlik qiyofasini yo'qotganlarning ayanchli zulmi, muttasil ochlik va har lahzada hayotingga chang soladigan o'lim qopqoni...
Bularning ta'qibidan qanday qutilish va omon qolish mumkin? Omon qolish mumkinmi o'zi? Remark mazkur romanda shu savolga javob izlaydi. Bir inson umidi va irodasi insonning o'zini qutqarmagan taqdirda ham, insoniyatni qutqarishiga asar voqealari dalil boʻladi.
Sahifa 350 bet
Lotin tilida
qattiq muqova
Erix Mariya Remark: Zafar darvozasi
Sahifa 607 bet
Lotin tilida
qattiq muqova
Erix Mariya Remark: Qora yodgorlik
Sahifa 527bet
Lotin tilida
qattiq muqova
Hayot-mamot pallasi» (Zeit zu leben und Zeit zu sterben, 1954) romani Ikkinchi jahon urushi manzaralarini va inson taqdirini o‘ta kuchli dramatik tarzda ochib bergan romanlaridan biridir. Asar qahramoni — Ernst Greber, frontdagi olmon askari. U urushning shiddatli yillarida, bir muddatga fontdan ta’tilga yuboriladi va tug‘ilgan shahriga qaytib keladi. Ammo u tinch va go‘zal shaharni emas, balki bombardimonlardan vayrona bo‘lgan, odamlar qiyin ahvolda yashayatgan manzaralarni ko‘rib chuqur iztirobga tushadi. Ernst o‘z uyini topa olmaydi, ota-onasining ahvolidan bexabar qoladi. U shu yerda Elizabet nomli qiz bilan tanishadi va qisqa fursatda samimiy munosabat o‘rnatadi, hatto turmush qurishga ulguradi. Ammo bu baxtli damlar uzoqqa cho‘zilmaydi.
U yana frontga qaytishga majbur bo‘ladi. Frontda esa uning taqdiri fojia bilan yakun topadi.
Sahifa 463 bet
Lotin tilida

