Tarixda Yulduzlar kitobi - Umid dunyosi va Isha mamlakatidagi eng muhim sehrli kitob - yovuz Arvoh qo‘liga tushadi. Bu oddiy kitob emas: unda qadimiy sehr va ulkan kuch sirlarini ochib beruvchi bilimlar yashiringan. Bu kitob yordamida arvoh o‘z kuchini yanada oshirib, uchta dunyoning ham hukmdoriga aylanishni rejalashtirmoqda.
Biroq maqsadiga erishish uchun unga yana bir muhim narsa kerak bo‘ladi. Bu g‘ayrioddiy sehrli qobiliyatga ega bo‘lgan Giyomo ismli bola. Giyomo oddiy bolaga o‘xshasa-da, uning ichida ulkan sehrli kuch yashirin. Xususan, sehrgar Kadexar unga ko‘p narsalarni o‘rgatgan va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam bergan.
Shu sababli Giyomo yovuz kuchlarning asosiy nishoniga aylanadi.Uni qo‘lga kiritish yoki undan foydalanish orqali Arvoh o‘zining xavfli rejasini amalga oshirishga yaqinlashadi.

