ERGO Lucky Bear HB Grey — qulaylik, sifat va uslubni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan zamonaviy ofis kreslosi. Ergonomik dizayn va yuqori sifatli materiallar kresloda uzoq vaqt ishlashda ham maksimal qulaylik va tayanchni ta’minlaydi.
Kreslo universal kulrang rangda ishlab chiqilgan bo‘lib, klassik ofislardan tortib zamonaviy uy kabinetlarigacha bo‘lgan istalgan interyerga mos tushadi. Anatomik shakldagi baland orqa tayanch umurtqa pog‘onasini qo‘llab-quvvatlaydi, bel va bo‘yin sohasidagi yukni kamaytiradi va to‘g‘ri o‘tirishni ta’minlaydi.
Qoplamasi nafas oluvchi, chidamli matodan tayyorlangan — ifloslanishga bardoshli va parvarishi oson. O‘rindiqning optimal qattiqligi va shakli uzoq muddatli ishlashda ham qulaylik beradi.
Kreslo balandlikni sozlash uchun ishonchli gazlift, fiksatsiyali chayqalish mexanizmi hamda har qanday pol qoplamasida silliq harakatlanishni ta’minlovchi mustahkam g‘ildirakli asos bilan jihozlangan.
✔️ Umurtqa pog‘onasidagi yukni kamaytiruvchi ergonomik dizayn
✔️ Nafas oluvchi mato — haroratdan qat’i nazar qulaylik
✔️ Yumshoq o‘rindiq va qulay podlokotniklar
✔️ Balandlikni sozlash va chayqalish funksiyasi orqali moslashtirish imkoniyati
✔️ Kundalik foydalanish uchun mustahkam va barqaror konstruktsiya
✔️ Har qanday interyerga mos tushadigan zamonaviy kulrang rang
ERGO Lucky Bear HB Grey — bu qulaylik, sifat va uslubni birlashtirgan kreslo. U sizga samarali, yoqimli va qulay ish muhiti yaratishda yordam beradi.


