• enjio
• enjio 247 sc
• syngenta insektitsid
• insektitsid
• zararkunandalarga qarshi
• shiraga qarshi
• tripsga qarshi
• oqkanotga qarshi
• syngenta
ENJIO 247 SC — Syngenta kompaniyasining ikki faol modda asosidagi zamonaviy insektitsidi. Tarkibidagi tiametoksam o‘simlik ichiga kirib tizimli himoya hosil qiladi, lambda-sigalotrin esa zararkunandalarni tezda yo‘q qiladi. Shu sababli preparat ichki va tashqi himoyani bir vaqtda ta'minlaydi.
Quyidagi zararkunandalarga qarshi samarali:
• Shira
• Oqkanot
• Tripslar
• Tsikadkalar
• Kapalak qurtlari
• Tunlamlar
• Barg o‘rovchilar
• Kolorado qo‘ng‘izi
• Unli qurt
• Boshqa so‘ruvchi va barg yeyuvchi zararkunandalar
Quyidagi ekinlar uchun mos:
• Pomidor
• Bodring
• Qalampir
• Baqlajon
• Karam
• Kartoshka
• Piyoz
• Uzum
• Olma va boshqa mevali daraxtlar
• Manzarali va xona o‘simliklari
Afzalliklari:
✔ Tez ta'sir qiladi
✔ Tizimli va kontakt ta'sirga ega
✔ Uzoq muddat himoya qiladi
✔ Turli ob-havo sharoitlarida samarali ishlaydi
✔ Zararkunandalarda chidamlilik paydo bo‘lishining oldini oladi
Qadoqlanish hajmlari:
• 5 ml
• 15 ml
• 50 ml
• 250 ml
Qo‘llash usuli:
Zararkunandalar paydo bo‘lishi bilan bargga purkash tavsiya etiladi.
Tavsiya etilgan dozalari:
• 4–5 ml / 10 litr suv — sabzavot ekinlari uchun
• 5–6 ml / 10 litr suv — mevali daraxtlar va uzum uchun
• 1 ml / 2 litr suv — xona o‘simliklari uchun
Ishchi eritma sarfi:
Barglarning ikkala tomonini ham to‘liq namlash kerak.
Himoya muddati:
Ekin turi va zararkunanda soniga qarab 2–3 haftagacha himoya qiladi.

