Maxluqlar mavjud emas!
Buni hamma biladi, ammo bu — yolg‘on. Ular aslida bor. Buni anglash uchun ba’zilar shunchaki karavot ostiga qarasa kifoya. Boshqalar esa ko‘zguga boqsa bas. Maxluqlar yo‘qmi?
Holbuki, maxluqqa istalgan vaqtda va istalgan joyda duch kelish mumkin. Maxluq — bu jala quyayotgan paytda ko‘zga tashlanadigan kulrang sharpadir. Ular — xira g‘orlarda uvlaydigan maxluqotlar. Ular — metro tunnellarida, Sibir taygasida va qo‘shni ko‘chadagi berk yo‘lakda makon qurgan mavjudotlardir.
Maxluqlar — o‘zga olamdan, g‘ayritabiiy dunyodan kelgan dahshatlar. Aynan shu kitob sahifalarida yashiringan maxluqlar. Ular bilan to‘qnashganingizda, ovozingiz yig‘i va ingrashga aylanib ketayotgan bir paytda, o‘zingizni ishontirishga urinib, faqat pichirlashdan o‘zga chorangiz qolmaydi:
Maxluqlar mavjud emas... Maxluqlar mavjud emas... Maxluqlar mavjud emas...

