Kitob haqida:
Rayland Greys - so‘nggi imkoniyatning umidsiz missiyasida omon qolgan yagona shaxs. Agar u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, insoniyat va Yerning o‘zi halok bo‘ladi. Ammo hozir u buni bilmaydi. U hatto ismini ham eslay olmaydi, qanday qilib kosmik kema bortiga chiqqanini va ikki va ikki qancha bo‘lishini ham bilmaydi. Vazifaning mohiyatini eslash haqida gapirmasa ham bo‘ladi!
Hozirda Raylandga ma’lum bo‘lgan yagona narsa shuki, u juda uzoq vaqt uxlabdi. Uyg‘onganida esa o‘zini uyidan millionlab chaqirim uzoqlikda, ikki murda yonida ko‘ribdi. Jamoadoshlariga esa undan ham kamroq omad kulib boqqan ekan. Xotirasi zo‘rg‘a tiklanmoqda, ammo Rayland undan kutilayotgan vazifalarning ozgina qismini ham bajara olishiga ishonchi komil emas. Kichkina kemada koinot bo‘ylab uchib, u yechilmaydigan ilmiy sirni ochishi va insoniyat yo‘q bo‘lib ketish xavfini yengishi kerak.
Soat shafqatsizlik bilan vaqtni hisoblamoqda, uy esa bu yerdan yorug‘lik yillari olisda, Rayland yolg‘iz o‘zi, odamlarning taqdiri faqat unga bog‘liq. Greys yaqinda uning kutilmagan qudratli ittifoqchisi paydo bo‘lishini hali bilmaydi. Ammo bu chuqur fazoda adashib qolgan astronavtning vazifasini osonlashtiradimi?

