🍼 Emizikli onalar uchun silikon sut yig‘gich — emizish davrida juda qulay va foydali yordamchi. Sut sizib chiqishini oldini olib, ortiqcha sutni yig‘ishga yordam beradi. Yumshoq tibbiy silikon teriga yoqimli tegadi, noqulaylik tug‘dirmaydi va kiyim ostida deyarli bilinmaydi.
Mahsulot kundalik foydalanish uchun mos bo‘lib, uyda, safarda yoki sayr vaqtida ham qulay ishlatiladi. Maxsus futlyari tufayli saqlash va olib yurish oson.
✨ Afzalliklari:
• BPA Free xavfsiz material
• Yumshoq va elastik tibbiy silikon
• Har biri 70 ml sig‘imga ega
• Sut sizib chiqishini kamaytiradi
• Ishqalanish va noqulaylikdan himoya qiladi
• Kiyim ostida bilinmaydi
• Qayta foydalanish mumkin
• Yuvish va sterilizatsiya qilish oson
• Futlyar bilan komplektda
📌 Qo‘llanishi:
Ishlatishdan oldin mahsulotni sterilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Sut yig‘gich ko‘krakka taqiladi va emizish vaqtida yoki sut sizganda ortiqcha sutni yig‘ib boradi. Yig‘ilgan sutni keyinchalik qulay tarzda boshqa idishga quyish mumkin.

