U Amerikaning jinoyatchilik eng avj olgan shaharlaridan biri — Detroytdagi ko‘chma uylar shaharchasida ulg‘aygan. Hech kim oddiy ovqatlanish shoxobchasida ishlashga mahkum bo‘lgan bir omadsizning rep olamida muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan. Eminem asosan qora tanli ijodkorlar hukmronlik qilgan janrda cho‘qqiga chiqdi va o‘z orzusi sari tinimsiz, qat’iy intilish orqali har kim har qanday natijaga erisha olishini isbotladi. Axir, muvaffaqiyat siri — shunchaki yiqilish, qayta o‘rnidan turish va oldinga intilishdan iborat. Bor-yo‘g‘i shu. Bu dushmanlaringizni chinakamiga g‘azablantirishning yagona yo‘lidir.

