«Qarg‘a» romani bosh qahramonining akasi Artem haqidagi hikoya!
Sasha hayotining katta qismini zolim otasi bilan «oltin qafas»da o‘tkazdi. Ammo otasi o‘ldirilganidan so‘ng, haqiqiy dunyoning shafqatsizligi qizning boshiga tushadi va uning o‘zi ham xavf ostida qoladi.
Oddiy ofitsiantalikdan muvaffaqiyatli qandolatchilik do‘koni egasigacha bo‘lgan yo‘l uning uchun oson kechmadi. Sasha yordam so‘rab, otasining do‘sti Artem Apostolovga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
U shafqatsiz, hukmronlikni yaxshi ko‘radigan, haqiqiy iblisning o‘zi. Sasha esa uni yoshlikdan beri javobsiz sevib keladi.
Afsuski, bu yordam qizga juda qimmatga tushadi. Chunki Sasha xavfli va ta'sirli erkakning e'tiborini tortishini xayoliga ham keltirmagan edi. Artem uning qalbini zabt etdi, ammo afsuski, faqat uni parchalash uchun...
U — mening talabam. Universitetdagi barcha qizlar sevib qolgan yigit. Buzuq xayollari va shaytonona nigohiga ega, boy oiladan chiqqan bebosh yigit. O‘quv yili boshlanishidan sal oldin tasodifan kirib qolgan tungi klubimning o‘ziga ishongan egasi.
Endi Alikning yagona istagi — yangi ish joyimni haqiqiy dahshatga aylantirish. U mening shaxsiy kundaligimni o‘g‘irlab ketdi. Uni qaytarib olish uchun esa bezorining qoidalari bo‘yicha o‘ynashimga to‘g‘ri keladi. Bu o‘yinda bosh sovrin — mening yuragim!
Dasha Ribkina — namunali talaba, guruh sardori va a'lochi qiz. Biz ikki xil dunyo vakillarimiz. Men — noodatiy hayot tarziga ega tatuirovka ustasiman, u esa go‘zal talaba qiz.
Ammo bir kuni vasvasaga berilib, Dashaga notanish raqamdan xabar yubordim va o‘zimni «Daydi» deb tanishtirdim. Kutilmaganda oddiy hazil sifatida boshlangan voqea tobora jiddiy tus ola boshladi.
Endi yozishmalarimizsiz bir kun ham o‘tmaydi. Biz bir-birimizga tobora yaqinlashib, sirlarimizni bo‘lishamiz. Men esa notanish inson qiyofasida qolishim tobora qiyinlashayotganini his qilaman. Ayniqsa, taqdir taqozosi bilan Dasha mening tatuirovka salonimga administrator bo‘lib ishga kirganidan keyin.
O‘jar qiz meni ko‘rishga ko‘zi yo‘q, hatto u uchrashishni orzu qilayotgan «Daydi» aslida men ekanligimni ham bilmaydi. Bu haqiqat esa hammasini barbod qilishi mumkin...

