Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan asar.
«Gold Dagger» mukofoti sohibi bo‘lgan muallif qalamiga mansub.
— Bu 911 xizmati. Qanday favqulodda holat yuz berdi?
— Otam o‘ldi. Singlim Sofiya uni o‘ldirdi. U hamon uyda. Iltimos, yordam yuboring!
— Otam o‘ldi. Singlim Aleksandra uni o‘ldirdi. U hamon uyda. Iltimos, yordam yuboring!
Ulardan biri yolg‘on gapiryapti...
Ikki opa-singil ustidan qo‘shma sud jarayoni boshlanmoqda. Ularning har biri ikkinchisini otalari — Nyu-Yorkning sobiq meri — shafqatsizlarcha o‘ldirilishida ayblamoqda. Ulardan biri, shubhasiz, qotil. Ammo kim?.. Sofiya Avellinoning himoyachisi Eddi Flinn o‘zining qat’iy qoidasiga amal qiladi: u aybsizligiga to‘liq ishonch hosil qilmaguncha hech kimni himoya qilmaydi.

